Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan masofali video-uchrashuvi tashkil etiladi

Illyustrativ foto
O‘zbekistonda mahkumlarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan masofali video-uchrashuvini tashkil etish mexanizmlari takomillashtiriladi. Bu 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, bu borada axloq tuzatish ishlari tayinlangan mahkumlarning ish haqidan undirilgan mablag‘ning ellik foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish, ellik foizini esa jazoni ijro etish va probatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirish tartibi joriy etiladi.
Jazoni ijro etish va probatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi, xodimlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu boradagi ishlar uchun IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi mas'ul etib belgilanishi mumkin.
Mavzuga oid

16:33 / 13.12.2024
Mahkumlarga masofali video-uchrashuv huquqi berilishi mumkin

10:07 / 08.05.2024
Jazoni ijro etish muassasalarida DXSh asosida mahkumlar uchun masofali video-uchrashuv xizmati yo‘lga qo‘yiladi

08:51 / 19.04.2024
O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi

15:11 / 16.10.2018