18 oktabr — Samarqand şahri kuni «Ötmişi şarafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy şahar» şiori ostida, ommaviy sayil şaklida ötkaziladi. Bu haqda Samarqand şahar hokimligidan olingan ma'lumotlarga köra «Zarafşon» gazetasi muxbiri Abduğofur Şerxolov xabar bermoqda.
Köhna şaharda bayram tadbirlari 18 oktabr kuni tongda sohibqiron Amir Temur maqbarasida Qur'on tilovati bilan boşlanadi. Söngra viloyat va şahar hokimligi, davlat va jamoat taşkilotlari, öquv yurtlari tomonidan Amir Temur haykali poyiga gullar qöyiladi.
Universitet xiyoboni, viloyat musiqali drama teatri, Amir Temur maqbarasi hududlarida viloyat maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi, kasb-hunar ta'limi muassasalari va oliy öquv yurtlari, yoşlar ittifoqi faollari tomonidan körgazmalar namoyiş qilinadi.
Şahar umumiy örta ta'lim maktablari öquvçilari örtasida «Aziz şahrim – Samarqandim», «Men Samarqand farzandiman» mavzularida ötkazilgan inşolar tanlovi ğoliblari taqdirlanadi. Bolajonlar uçun viloyat qöğirçoq teatrida «Uluğbek yulduzi» spektakli namoyiş etiladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, «Saxovat» internat uyida yaşayotgan keksalar va nogironlar, şahar obodonlaştiriş boşqarmasi işçi-xodimlari uçun bayram dasturxoni yoziladi.
Viloyat musiqali drama teatrida Maqsud Şayxzoda asari asosida sahnalaştirilgan «Mirzo Uluğbek» spektakli namoyiş etiladi. Teatr oldidagi sahnada konsert dasturlari uyuştirilib, şu yerda ilk bor şahar miqyosida taşkil etilgan «Eng obod mahalla», «Eng faol maktab», «Eng körkam maktabgaça ta'lim muassasasi», «Yilning eng yaxşi patronaj xodimi» kabi körik-tanlovlar ğoliblariga sovğalar ulaşiladi.
Şaharning Sartepa maskani, Kimyogarlar qörğoni, Farhod va Sölim şaharçalarida, Registon maydoni, Islom Karimov köçasi, Hunarmandlar markazida, madaniyat va istirohat boğlarida madaniy tadbirlar, konsert dasturlari uyuştiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda #Samarkandday heştegi ostida yoşlar örtasida «Samarqand – eng gözal şahar» suratlar taqdimoti, «Samarqand tarixini bilasizmi?» tanlovlari ötkaziladi.
Oliy öquv yurtlarida şe'riyat keçalari, «Zarafşon vohasi – jahon sivilizatsiyasi tarixi» mavzuida ilmiy konferensiya taşkil etiladi.
Viloyat madaniyat boşqarmasi boşliği Bahodir Şarofovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, viloyat ölkaşunoslik muzeyida «Maqom keçasi», Özbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida «Samarqand – keça va bugun» nomli fotokörgazma taşkillaştiriladi.










