Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi 19 yoşli S.R. hamşahri, 39 yoşli A.B.ga oğir tan jarohati yetkazgan. Piçoq vositasida yetkazilgan jarohatlardan söng A.B. hayotdan köz yumgan, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilişiça, 15 oktabr kuni S.R. Sartepa massivi hududidagi «Erkin savdo» majmuasi yaqinidagi avtomobillar ehtiyot qismlari dökonida A.B. bilan janjallaşib qolgaç, uning tanasiga oşxona piçoği bilan bir neça jarohat yetkazgan.
A.B. jon holatda voqea joyidan qoçib, öz hayotini saqlab qolişga uringan, biroq jahl otiga mingan S.R. uni quvib yetib, yana bir neça bor piçoq urgan. Natijada, A.B.ning joni uzilgan.
Dahşatli qotillikni amalga oşirgan S.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi böyiça jinoyat işi oçilgan.












