Bugun, 16 oktabr kuni Özbekiston terma jamoasi Toşkentdagi «Milliy» stadionida Qatar termasi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Öyin soat 19:00da boşlanadi.
Ayni paytga kelib mezbonlar boş murabbiyi Ektor Kuper tanlagan boşlanğiç tarkib ma'lum böldi.

Kuper 12 oktabr kuni KXDRga qarşi keçgan öyindagi asosiy tarkibdan bu safar faqat 4 futbolçini qoldirgan, ular – Ahmedov, Şomurodov, Ismoilov, Krimets. Bugungi öyin start-listiga kirgan yana 4 nafar öyinçi (Hamrobekov, Sidiqov, Ğofurov, Aliboyev) 4 kun oldingi bahsda zaxiradan öyinga qöşilgan edi.
Örtoqlik uçraşuvi
16 oktabr. Toşkent, «Milliy» stadioni
Özbekiston - Qatar
Özbekiston: 30. Ötkir Yusupov, 2. Akmal Şorahmedov, 5. Anzur Ismoilov, 6. Husniddin Ğofurov, 8. Ikrom Aliboyev, 9. Odil Ahmedov, 13. Oleg Zoteyev, 14. Ilhom Şomurodov, 15. Odil Hamrobekov, 22. Javohir Sidiqov, 31. Yegor Krimets.
Hakamlar: Çorimurod Qurbonov, Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiyev (barçasi - Turkmaniston)
Törtinçi hakam: Jasur Muxtorov (Özbekiston)











