Bugun, 16 oktabr kuni Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida qor yoğdi.

«Kun.uz» fotomuxbiri Toşkentdagi birinçi qor manzaralarini obektivga muhrladi.
7 oktabr kuni Özbekistonda ilk qor yoqqan, Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi toğli hududlarda, Qamçiq va Taxti Qoraça dovonlarida qor yoğişi kuzatilgan edi.
15 oktabr kuni Özbekistonning şimoli-ğarbiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib keldi. «Özgidromet» markazining ma'lumotiga köra, sovuq havo oqimlari respublikamiz hududida uzoq hukmronlik qilmaydi, keyingi haftada havo harorati iliy boşlaydi.

















