Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 15 oktabrdagi farmoyişiga köra, viloyat hududida ijtimoiy soha obektlari hamda turar-joy binolarini isitiş mavsumi joriy yilning 16 oktabridan boşlanişi belgilandi.

Samarqand viloyat kommunal xöjalik boşqarmasi boşliği Rustam Sattorovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mavjud me'yorlarga köra 5 kun davomida havo harorati Tselsiy şkalasi böyiça +8 darajadan past bölişi kuzatiladigan bölsa, isitiş mavsumiga start beriladi. Bu holatda gaz ta'minoti va elektr energiyasi iste'moli limitlari oşiriladi, isitiş qozonxonalari işga tuşadi.

Viloyat hokimi farmoyişiga köra, «ÖzTransgaz» AJ Samarqand viloyati böyiça gaz ta'minoti hududiy filiali, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati, viloyat «Issiqlik manbai», «Suvoqova» davlat unitar korxonalari hamda şahar va tuman hokimliklariga 16 oktabrdan boşlab keça-yu kunduz işlovçi ştablar taşkil etiş, ijtimoiy soha obektlari va aholi yaşaş uylariga, «Issiqlik manbai» tizimidagi isitiş qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me'yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilişini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.

Tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlariga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib beriladi.

Şuningdek, viloyat rahbarining farmoyişida kömir mahsulotlarini ijtimoiy soha muassasalariga 2018 yilning 1 noyabrigaça, aholiga esa 1 dekabrga qadar töliq yetkazib berilişini ta'minlaş belgilandi.