Turizm, şubhasiz, Özbekistondagi eng dolzarb taraqqiyot sektorlaridan biri hisoblanadi. Hozirda turizm industriyasida yirik va tub özgarişlar sodir bölmoqda. Mamlakat hukumati bu boradagi qonunçilik bazasini takomillaştirmoqda, infratuzilmani modernizatsiyalaş va yurtimizning sayyohlik sektorini jahon standartlariga muvofiqlaş böyiça qator tadbirlarni amalga oşirmoqda.
2018 yilning 3-5 oktabr kunlari, kuzgi sayyohlik mavsumining eng qizğin pallasida, Toşkent şahrida xalqaro «Ipak yölida turizm» yarmarkasi taşkil etildi. Yarmarka «Özekspomarkaz» pavilonlarida ötkazilib, unga taşrif buyuruvçilar yurtimizning turizm salohiyati bilan tanişiş, hamda sayyohlik xizmatlari yönalişidagi sönggi yangiliklardan xabardor böliş imkoniyatiga ega böldilar.

Pavilonlarning birida Özbekistondagi viloyatlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri vakillari mehmonlarni vatanimizning betakror tarixi va madaniyati bilan taniştirdilar. Har bitta viloyat öz stendi bilan boşqalardan ajralib turar hamda öz an'ana va urf-odatlarining öziga xosligini ifodalardi.
Ikkinçi pavilonda esa yarmarkaga taşrif buyurganlar xizmat körsatiş sohasi vakillaridan foydali ma'lumotlarni oliş imkoniyatiga ega böldilar. Aviakompaniya, mehmonxona va mobil operatorlar xodimlari sayyohlikni xuş köradiganlar uçun maxsus tarzda işlab çiqilgan tijoriy takliflarni taqdim etdilar.

Barçaga ma'lumki, biror mamlakat yoki çet elda sayohat qiliş asnosida yaqin insonlar va biznes-hamkorlar bilan aloqada qoliş juda muhim. Aynan şuning uçun Ucell kompaniyasi uşbu tadbirdan çetda qolmadi va unda faol iştirok etdi. Yarmarkada «Roumingda çeksiz internet» xizmatini taqdim qilgan Ucell Business yönalişi stendi mehmonlarga batafsil taniştirildi.
Mazkur xizmat Örta Osiyo telekommunikatsiya bozorida ilk marotaba işga tuşirilmoqda.Internetdan çeksiz foydalaniş imkoniyati uşbu xizmatning asosiy afzalligi hisoblanadi. Bu xizmatga ulaniş orqali Ucell Business abonentlari har doim onlayn böliş imkoniyatini qölga kiritadilar. Aloqa muhim ahamiyatga ega bölgan zamonda bunday yangilik köpçilikni befarq qoldirmasligi aniq. Yangi xizmat doirasida birinçi 100 MB maksimal tezlikda taqdim qilinadi, şundan keyin paketning amal qiliş muddati tugagunça, yoki yangi limitning berilgunça tezlik 64 Kb/s holatida saqlanadi. Uşbu xizmatning yana bir qulayligi şundaki, abonentning özi ehtiyojiga yaraşa kerakli paketni tanlaşi mumkin.













