2018 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston Respublikasida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1 684,5 ming sömni (iş haqiga ustama, mukofot, rağbatlantiriş xususiyatiga ega tölovlar, kompensatsiya va işlanmagan vaqt uçun haq kabi tölovlar kiritilgan, şuningdek uning tarkibida jismoniy şaxslar daromad soliği, ijtimoiy suğurta va kasaba uyuşmasiga tölovlar ham mavjud) taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga ösişni ta'minladi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, ta'lim sohasida 21 858ta muassasada 998,2 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 38,3%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 11461,1 mlrd. sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 29,0%ni) taşkil etgan. Mazkur sohada işlovçilarga hisoblangan örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1 275,8 ming sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,1%ga ösdi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 603ta korxonada 457,1 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 17,5%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 10494,9 mlrd. sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 26,5%ni) taşkil etgan. Sanoat sohasida işlovçilarga hisoblangan örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 2550,9 ming sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 28,6%ga ösdi.
Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 1414ta muassasada 431,4 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 16,5%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 4215,4 mlrd. sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 10,7%ni) taşkil etgan. Mazkur sohada işlovçilarga hisoblangan örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1085,7 ming sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,7%ga ösdi.
Moliyaviy va suğurta faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 172ta muassasada 67,2 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 2,6%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 1943,0 mlrd. sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 4,9%ni) taşkil etgan. Mazkur sohada işlovçilarga hisoblangan örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 3213,1 ming sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 27,6%ga ösdi.
Taşiş va saqlaş iqtisodiy faoliyat turida 203ta korxonada 115,7 ming nafar (jami işlovçilarga nisbatan uluşi 4,4%ni) xodim işlagan bölib, ularga hisoblangan iş haqi fondi 2458,2 mlrd. sömni (jami iş haqi fondidagi uluşi 6,2%ni) taşkil etgan. Mazkur sohada işlovçilarga hisoblangan örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 2361,2 ming sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 23,7%ga ösdi.

















