GM Uzbekistan AJ GM Korea bilan hamkorlikda kompaniyaning Toşkent şahridagi filialida Tracker modelini yirik uzelli yiğiş işlarini olib bormoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Uşbu modelni işlab çiqarişni amalga oşiriş, şuningdek, Toşkent şahridagi GM Uzbekistan filialiga uskuna va butlovçi qismlarni yetkazib beriş uçun GM Uzbekistan va GM Korea örtasida bir qator şartnomalar imzolangan. Sinov işlab çiqariş doirasida ayni damda 28 dona Tracker avtomobili yiğildi.
Kompaniyaning ma'lum qilişiça, Tracker avtomobilini dastlabki yirik uzelli yiğiş muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Ommaviy işlab çiqariş yölga qöyilişi sanasi, şuningdek, avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma'lumot barça işlab çiqariş jarayoni yölga qöyilgandan söng beriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet Tracker’ning ilk suratlari taqdim etilgandi.












