AQŞ prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp uçib ketayotgan samolyot texnik muammo sababli “Endryus” bazasiga qaytişiga töğri keldi. Nosozlik samolyot salonidagi tutaşga sabab bölgan. Samolyotda birinçi xonim bilan birga jurnalistlar ham bölgan.
CNN telekanali ma'lumotlariga köra, samolyot havoga kötarilgandan taxminan 10 daqiqa ötgaç salonda tutun va kuygan hid paydo bölgan. Şundan keyin OAV vakillariga höl soçiqlar tarqatilib, badböy hid kuçaysa, u bilan yuzlarini berkitiş tavsiya qilingan.
Bir muddatdan keyin samolyot muvaffaqiyatli qöndirilgan. Melaniya Trampning rasmiy vakili hodisa “kiçik texnik muammo” bilan boğliq bölganini aytgan.
Oq uyda uşbu hodisaga izoh berilmagan va birinçi xonimning safari köçirilişi ma'lum qilingan. Melaniya Tramp Filadelfiyadagi şifoxonaga tadbirda iştirok etgani ketayotgan bölgan. U Vaşingtonga şu kuni keçroq qaytişi kerak bölgan.












