Özbekiston hukumati Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) tasnifi böyiça milliy kredit reytingini qayta körib çiqişda yordam berişini kutmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Özbekiston IHTT reytingida kredit xatari tasnifi böyiça 6-mamlakatlar guruhidadir. «0» guruhidagi mamlakatlar eng moliyaviy jihatdan işonçli, sönggi «7» guruhda iqtisodiy körsatkiçlari past bölgan davlatlar joylaşgan.

«Biz IHTT tasnifi böyiça Özbekiston kredit reytingini qayta körib çiqiş masalasida Germaniya hukumati kömagiga umid qilmoqdamiz. Joriy tasnifda Germaniya va Yevropa banklari uçun moliyalaştiriş, Osiyo banklariga qaraganda nisbatan jozibador emasdir», dedi Toşkentdagi Özbekiston-Germaniya hukumatlararo komissiyasi majlisida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Laziz Qudratov.

Qudratovning sözlariga köra, respublikada reytingda öz pozitsiyasini yaxşilaş uçun barça şaroitlar mavjud.

«Milliy valyuta töliq konvertatsiyasini ta'minlaş, daromadlarni qaytariş böyiça çeklovlarni bekor qiliş, Özbekistonning taşqi qarzi YaIM 20 foizidan oşmasligi hisobga olinib, barça omillar Özbekistonning IHTT reytingidagi hozirgi pozitsiyasini qayta körib çiqişning barça imkoniyati va mavjudligini körsatib turibdi. Germaniyaning IHTTdagi örni e'tiborga olinsa, biz uşbu masala böyiça sizning ma'muriyatingiz yordamiga tayanamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.