Özbekistonda Rossiya eksport markazi (REM)ning rasmiy vakolatxonasi oçiladi. Markaz boş direktori Andrey Slepnev ÖzAga şu haqida ma'lum qildi.
"Özbekistonda oçilişi rejalaştirilayotgan REM rasmiy vakolatxonasi özaro munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi qonuniy qadam bölib, ikki mamlakat biznesiga amaliy hamkorlikni mustahkamlaş imkonini beradi. Rossiyaning köpgina kompaniyalari şu qadar istiqbolli va jadal rivojlanayotgan bozorga çiqişni közlamoqdaki, Rossiya eksport markazi ham ularga bu borada maksimal darajada kömak körsatişga bel boğlagan. Joyida kompaniya mahsulot lineykasi, EKSAR va Roseksimbank mahsulotlari yordamida bitimlarni moliyalaştiriş böyiça töliq maslahatlar berişga qodir REM vakili kömagida Rossiya va Özbekiston kompaniyalari uçun samarali muloqot maydoni taşkil etilişi rejalaştirilmoqda", - deydi u.
Şuningdek mutaxassis REM jamoasining vazifasiga alohida töxtalib ötdi:
"Rossiya eksport markazi jamoasining vazifasi mamlakatimiz kompaniyalari uçun yaratilayotgan şaroitlarni takomillaştiriş, ularning eksport faoliyatini qöllab-quvvatlaşni ta'minlaş, taşqi bozorga olib çiquvçi yangi kanallar va birinçi navbatda Özbekiston singari muhim va istiqbolli bozorlarda xorijiy savdo hamkorlarimiz bilan özaro aloqalarning yangi mexanizmini yaratişga kömaklaşişdan iborat. Rossiya va Özbekiston örtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojining ijobiy dinamikasi, Rossiya kompaniyalarining Özbekiston bozoriga çiqişga qiziqişi ortişi, Rossiya biznesida mavjud raqobatli va yuqori texnologik yeçimlardan kelib çiqib, kompaniyalarimiz Özbekistonda loyihalarini amalga oşirişda işonçli va tajribali hamkorlar sifatida çiqişga, REM esa öz navbatida, ularni bu borada barça yönalişda qöllab-quvvatlaşga tayyor".











