
Bizga baxtli bölişni örgatadigan kitob va maqolalar talaygina. Biroq ularni öqiş uçun köp vaqt talab etiladi. Uşbu maqolani öqiş uçun esa bir neça daqiqa ketadi, biroq uning samarasi hayratlanarli.
Baxt
Baxtsizman. Hayotingizdagi biror narsani özgartiring. Yoki özingizni özgartiring.
Nimani özgartirişim kerak? Istalgan narsani. Birortasini tanlang va harakat qilişni boşlang.
Boşim aylanyapti. Çuqur nafas oling. Dastlab nazorat qiliş imkoni bölgan narsadan boşlang.
Balki pulim köproq bölsa, özimni baxtliroq his qilarman. Ha, biroq qaysidir darajada.
Puldan ham muhim narsa bormi? Biz uçun qadrli bölgan kişilar bilan ötkazilgan vaqt. Biz uçun muhim bölgan narsalarga sarflangan vaqt. Yodingizda bölsin, ötib ketgan vaqtni ortga qaytarib bölmaydi.
Vaqt
Vaqtim heç narsaga yetmaydi. Demak, ustuvorliklar notöğri belgilangan.
Biroq ulguriş kerak bölgan işlar şu darajada köpki. Kamroq vazifani bajaring. Köproq “yöq”deng.
Biroq bajarişga majburman... Agar biror taklifga darhol “Ha, albatta!” deb javob bergingiz kelmasa, “Yöq” deng.
Biroq agar “Yöq” desam xafa bölişlari mumkin. Bu sizga taalluqli emas. Irodangizga qarşi borgandan köra rad etiş yaxşiroq.
Biroq hozir ayni payti emas. Ayni paytning özi heç qaçon bölmaydi. Agar doim kutsangiz, heç narsa qilolmaysiz. Keyin esa oldinroq boşlamagan ekanman, deya özingizni ayblaysiz.
Munosabatlar










