Jizzax viloyati, Döstlik tumani, Mevazor massivida qurilişi 2017 yil noyabr oyiga tugallanişi möljallangan ikki qavatli uyning bölajak sohiblari nomidan KUN.UZ tahririyatiga murojaat kelib tuşdi. Murojaatning mazmuniga köra, şu hududdagi ikki qavatli uy hanuzgaça qurib, egalariga topşirilmagan. Ötgan vaqt mobaynida bölajak 32 nafar uy sohibi tuman, viloyat, respublika mutasaddi taşkilotlariga şikoyat bilan çiqişgan. Qilingan şikoyat va arizalardan esa natija yöq.


Kuf-sufçiga işonsang ham, xöp-xöpçiga işonma...
Uy uçun 2016 yil dekabr oyida dastlabki tölovni amalga oşirgan Dilşod Önarov, mana, bir yildirki yuqori taşkilotlarning yolğon va'dalariga işonib yaşamoqda. Bu haqida uning özi şunday deydi.

- Jondan ötmasa, jonim demas ekansiz. 2016 yil dekabr oyida 90.326998 sömlik uyning 15 foizini, ya'ni dastlabki badalini (13849350) tölaganimda xursandçilikdan boşim osmonga yetgan edi. Ammo ming afsuslar bölsinki, Mevazor massivida qurilayotgan qarama-qarşi joylaşgan ikki qavatli uylarning biri bitiş arafasida bölsa, ikkinçisida 30-40 foiz ham iş bajarilmagan. Oradan bir yil vaqt ötdi.


Bizning ham moddiy, ham ma'naviy zarar körayotganimiz bilan heç kimning işi yöq. Bölajak uy sohiblarining sakson foizi, şaxsan özim ham ijarada turaman. Ijara haqi esa 350 000 sömni taşkil etadi. Şu bilan bir qatorda, bitmagan uy uçun Döstlik tuman Halq bankiga uy-joy kreditining belgilangan tölovlarini öz vaqtida tölab kelmoqdamiz. Arz qilib bormagan joyimiz qolmadi.


















