Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azar faoliyatini qaysi klubda yakunlashi mumkinligini aytdi
«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar faoliyatining oxiriga qadar London klubida qolishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
«Men hech qanday muammolarsiz faoliyatimni «Chelsi»da yakunlashim mumkin. Klubdan, jamoadan ko‘nglim to‘q. Bu yerda oilam ham baxtli yashayapti.
Shunday ekan, agar Ispaniyaga ketmasam ham, bu men uchun muammo tug‘dirmaydi. Men muxlislarni yaxshi ko‘raman va o‘ylashimcha, muxlislar ham meni yoqtirishadi!
Kelajakda nima bo‘ladi? Men baxtli hayot kechiraman, shu xolos», - deb aytgan Azarning so‘zlarini keltirib o‘tdi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik hujumchi shu hafta boshida «Chelsi»dan tinchgina, rozi-rizolik bilan ketishni istashi haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026