Qonunçilikka muvofiq ota-onalar öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki u tugaganidan söng farzandini bir maktabdan boşqasiga ötkaziş huquqiga ega.

Adliya vazirligi telegram-kanalining yozişiça, buning uçun quyidagi harakatlarni amalga oşiriş lozim.

1. Farzand ta'lim olayotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi. Arizada farzandini boşqa maktabga ötkaziş sabablari körsatiladi.

Mazkur ariza bir iş kuni içida körib çiqilib, öqiş köçirilayotgan maktabga taqdim etiş uçun tegişli şaklda maktabdan ketiş taloni beriladi.

2. Öqiş köçirilayotgan maktab direktoriga öqişga qabul qiliş töğrisida ariza bilan murojaat qiladi. 

Arizaga maktabdan ketiş taloni va yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma ilova qilinadi.

Öqiş köçirilayotgan maktab direktori ariza va maktabdan ketiş talonini qabul qilib olingan kunning özida ota-onalarga öquvçi ta'lim olayotgan maktabga taqdim etiş uçun maktabga keliş talonini berişi lozim.

3.  Farzand öqiyotgan maktab direktoriga maktabga keliş talonini beriş lozim. 

Bunda şu kunning özida öquvçini maktab öquvçilari safidan çiqariş töğrisida buyruq qabul qilinadi. Mazkur buyruq bilan ota-onalar taniştirilib, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

öquvçining maktab öquvçilari safidan çiqarilganligi töğrisidagi buyruqdan köçirma;
öquvçining baholar (özlaştiriş) tabeli;
öquvçining tibbiy kartasi.

4. Hujjatlarni öqiş köçirilayotgan maktab direktoriga topşiriş lozim. Bunda şu kunning özida öquvçini maktab öquvçilari safiga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqariladi.

Öquvçini maktab öquvçilari safiga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqarilgaç, uç kun muddatda sinf jurnali va öquvçilar harakati daftariga tegişli yozuv kiritiladi.