Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi Maradonani tanqid qilib, Messini maqtadi
«Barselona» klubining sobiq yarimhimoyachisi Xavi Ernandes Argentina futboli afsonasi Diyego Maradonaning Lionel Messi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Maradona kataloniyaliklar yetakchisida liderlik xususiyatlari yetishmasligini ochiq aytgan edi.
«Maradonaning fikriga qo‘shilmayman, Messi – juda ajoyib lider. Ehtimol, kiyim almashtirish xonasida ko‘p ham baland ovozda gapiravermas, ammo maydonda u mutlaq yetakchi – doimo to‘p bilan muomalada bo‘lishni istaydi, to‘pga ochiladi. U – yoqin shaxsiyat egasi va u hech qachon qiyinchilikdan qochmaydi.
Sobiq futbolchilarning o‘z hamkasblarini tanqid qilishi menga yoqmaydi. Men faqat Maradona haqida gapirayotganim yo‘q. Butsalarini mixga ilgan, hozirda televideniye va OAVda ishlayotgan ko‘plab futbolchilar o‘z hamkasblarini faol ravishda tanqid qilishadi. Vaholanki, ular ham futbolchi bo‘lishgan, ular ham bunday qiyinchiliklardan o‘tishgan», - degan Xavining so‘zlarini keltirib o‘tdi AS.
Mavzuga oid
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022