Bişkek tuman sudi Qirğizistonning sobiq boş vazir örinbosari Duyşenbek Zilaliyevga bomba haqidagi yolğon xabar uçun 3 yillik şartli qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi. 

Foto 24.kg

Sud qaroriga köra, sudlanuvçi “Tayyorlanayotgan portlaş, öt qöyiş yoki odamlarga xavf soluvçi boşqa harakatlar haqida yolğon xabar haqida”gi modda böyiça aybdor deb topilgan. Sudlanuvçi sönggi sözida unga qözğatilgan jinoiy işni buyurtirilgan deb atagan. 

Zilaliyev Qirğiziston boş vazir örinbosari lavozimini 2017 yil avgustidan noyabrigaça egallagan. 

2017 yil 24 noyabrda Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasidan keyin Zilaliyevga nisbatan “Terakt haqida yolğon xabar beriş” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Gap şundaki, Jeenbekovning inauguratsiyasi kuni prezident korteji yölida bomba qöyilgani haqida xabar paydo bölgan. Mahalliy OAV bu xabarni içki işlar vazirligi akademiyasi kursanti olgani, unga esa buni 1532 BK davlat raqami ostidagi “Leksus” maşinasida harakatlangan noma'lum kimsa xabar qilganini ma'lum qilgan. Keyinroq uşbu maşina Zilaliyevga tegişli ekani aniqlangan. 

Joriy yilning 30 mart kuni Zilaliyevga ayblov qöyilib, unga nisbatan mamlakatni tark etmaslik ehtiyot çorasi qöllangan.