Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga Moskvada respublikaning birinçi prezidenti Islom Karimov haykali oçilgani uçun minnatdorçilik bildirdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Foto: kremlin.ru

«Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş yölidagi işlaringiz uçun özim va Özbekiston xalqi nomidan sizga minnatdorçilik bildiraman», - deya murojaat qilgan Mirziyoyev Toşkentdagi muzokaralar avvalida Putinga.

Özbekiston prezidentining ta'kidlaşiça, mamlakat xalqi payşanba kuni Rossiya poytaxtida, «Özbekiston uçun juda köp iş qilgan» Karimovning haykali oçilişiga «juda minnatdor munosabatda».

Putinning bildirişiça, Karimov «Rossiya-Özbekiston munosabatlarini rivojlantiriş uçun juda köp iş qildi». Rossiya rahbarining qöşimça qilişiça, Karimov bilan yaxşi şaxsiy munosabatlarga ega bölgan. Rossiya Federatsiyasi prezidenti sözlariga köra, Özbekiston birinçi prezidenti «davlatni şakllantirişning öta murakkab davrida» işladi. «Biz Islom Abduğaniyeviç xotirasini abadiylaştiriş haqida öylayotganimiz tabiiy holat», - deya xulosa qildi Putin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moskvada Islom Karimov haykali oçilgani xabar berilgandi.