Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov haykali Moskva markazidagi Bolşaya Polyanka köçasida tantanali ravişda oçildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Foto: Facebook/Karimov Fondi

«Interfaks» muxbiriga köra, unda Islom Karimov bor böy-basti bilan, boğda sayr qilib yurgan holda tasvirlanadi. Haykalning muallifiga britaniyalik haykaltaroş Pol Dey boşçiligidagi jamoa aylandi. 

Haykal Özbekiston elçixonasi oldidagi Islom Karimov nomidagi xiyobonda örnatildi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyalar kengaşi raisi birinçi örinbosari Nikolay Fyodorov, Özbekiston Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Rossiya taşqi işlar vazirining örinbosari Grigoriy Karasin, Moskva şahar meri örinbosari Aleksandr Gorbenko iştirok etdi.

Foto: Facebook/Karimov Fondi

«Biz Rossiyada yaxşi va işonçli döstlarni juda qadrlaymiz hamda özbek xalqining buyuk farzandi Islom Karimovga qöyilgan haykal bizning yaxşi qöşniçilik munosabatlarimizning yana bir muhim, zarur va foydali ramzi bölişiga işonamiz», - dedi N.Fyodorov.

Foto: Facebook/Karimov Fondi
Foto: Facebook/Karimov Fondi

Öz navbatida, Tatyana Karimova marosim çoğida çorşanba kuni Kerç şahrida röy bergan fojia sababli Rossiya xalqiga öz hamdardligini bildirdi.

Islom Karimovga Moskvada haykal örnatiş töğrisidagi qaror Moskva şahar dumasi huzuridagi Monumental san'at böyiça komissiya tomonidan 2016 yilda qabul qilingan, keyin esa Moskva parlamenti tomonidan tasdiqlangan.