“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Gazprombank” bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yirik investitsiya loyihalari va kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bankni strategik rivojlantirish jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Rossiyaning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Gazprombank” AJ o‘rtasida 50 million dollar miqdorida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Mazkur hujjat Rossiya Federatsiyasining yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblangan “Gazprombank” bilan “O‘zsanoatqurilishbank” o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik munosabatlarining o‘rnatilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Kelishuvda uglevodorodlarni qazib olish, qayta ishlash va tashish, tog‘-kon va metallurgiya sanoati, transport, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, qurilish va atom energetikasi singari muhim ahamiyatga ega sohalardagi loyihalarni moliyalashtirish va investitsiyaviy kreditlash belgilandi.
Hujjatda mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan yana biri bo‘lgan davlat-xususiy sherikchilik sohasini moliyalashtirishga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Jumladan, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal va ijtimoiy infratuzilmalarni moliyalashtirish yanada kengaytiriladi.
Kelishuv doirasida, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar va qarz kapitali bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Bu borada “O‘zsanoatqurilishbank” obligatsiyalarini nafaqat Rossiya Federatsiyasi hududida, balki boshqa xorijiy mamlakatlarda ham chiqarilishi belgilanganini alohida qayd etish joiz.
“Gazprombank” bilan bank xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish imkonini beradi.
Ta'kidlash kerakki, Kelishuv doirasida O‘zbekiston Respublikasida Atom elektr stansiyasini qurish loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

17:42 / 20.12.2024
AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

22:32 / 18.12.2024
AQSh Gazprombank bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi

18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi

13:54 / 12.12.2024