Özbekiston Respublikasi prezidentining “Yopiq harbiy şaharçalardagi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari va ular oila a'zolariga savdo-maişiy xizmat körsatişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolandi.

Mazkur hujjatdan közlangan asosiy maqsad: davlat-xususiy şeriklik mexanizmini Mudofaa vazirligining yopiq harbiy şaharçalarida istiqomat qilayotgan harbiy xizmatçilari va ular oila a'zolariga tatbiq etiş, zarur tovar va xizmatlar bilan ta'minlaş, maqbul narxlarda ularni yetkazib berişdan iborat.

Prezident qarorining 1-bandiga muvofiq Mudofaa vazirligining yopiq harbiy şaharçalarida istiqomat qilayotgan harbiy xizmatçilari va ular oila a'zolariga tadbirkorlik sub'yektlari (yuridik şaxs va xususiy tadbirkorlar), şu jumladan sanoat tovarlari, oziq- ovqat, dori vositalari va tibbiy uskunalar, tibbiy xizmat va boşqa turdagi xizmatlar körsatişi mumkin.

Qarorning 2-bandiga köra 2022 yilning 1 yanvarigaça Mudofaa vazirligining yopiq harbiy şaharçalarida istiqomat qilayotgan harbiy xizmatçilar va ular oila a'zolariga savdo-maişiy xizmatlarini körsatadigan tadbirkorlik sub'yektlari yagona soliq tölovidan ozod qilinadi.

Mazkur hujjatning 4-bandida belgilanganidek, Mudofaa vazirligining yopiq harbiy şaharçalarida harbiy kiyim, furnitura va boşqa kiyim-keçak vositalarini sotiş uçun tadbirkorlik sub'yektlari hamda harbiy qism bilan savdo-maişiy xizmatini körsatiş böyiça şartnoma imzolanişi kerak. Bunda tegişli litsenziya talab etilmaydi.

Har tomonlama yaxşi tayyorlangan, yetarli darajada ta'minlangan va ijtimoiy himoyalangan, qudratli Qurolli Kuçlargina xavfsizlik va barqarorlikning, çegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, tinç va osoyişta hayotimizning mustahkam tayançi va işonçli kafolati böladi, deb yozadi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Özbekistonning milliy armiya qurilişidagi aniq pozitsiyasi şunday tamoyil asosiga qurilgan. Yuqorida tilga olingan qaror ham bu borada amalga oşirilgan navbatdagi muhim yangiliklardan biridir.

Davlatimiz rahbarining e'tibori va ğamxörligi tufayli aholi punktlaridan uzoqda joylaşgan yopiq harbiy şaharçalarda istiqomat qiladigan Vatan himoyaçilari, ularning oila a'zolariga arzon, sifatli maişiy savdo xizmati körsatiladi. Demak, uzoq yöl yurib, vaqtini behuda sarflab, ortiqça sarf-xarajat qilişga hojat qolmaydi. Bunday ezgu va xayrli işlar mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada oşirişga, harbiy xizmatçilar ta'minoti, ijtimoiy muhofazasi borasidagi tizimli işlar izçil davom etişiga xizmat qiladi.