Xitoylik şifokorlar gödak bolaning közida 11 ta tirik parazit aniqlaşdi. Uşbu parazitlarni olib taşlaş videosi Daily Mail tomonidan taqdim qilingan.
Video Sian şahrida suratga olingan. 5 oylik Dun-Dun ismli öğil bolaning onasi farzandi közini tinmay işqalayotganidan keyin uni markaziy şifoxonaga olib borgan. Şifokorlar bolakayning közini tekşirişganda, uning sirtida va pastki qovoği ostida köplab nematod qurtlarini aniqlaşgan.
Şifokorlar qisqiçlar yordamida bolaning közidan 11 ta qurtni olib taşlaşgan. Operatsiya 21 daqiqa vaqt olgan. Çiqarib olingan qurtlar infeksiyaning kelib çiqişini aniqlaş maqsadida laboratoriyaga jönatilgan. Hozirda bolakay şifoxonada qolmoqda.
Şifokorlar bolaga “telyazioz” – közlarning Thelazia callipaeda turidagi qurtlar tomonidan şikastlanişi taşxisini qöyişgan. Bu infeksiya odamlar, muşuklar va itlarda uçraydi. Bolaning onasi uyida hayvonlar boqmasligini, biroq farzandi qöşnilarning uy jonzotlari bilan aloqa qilganini körganini aytgan.
Uşbu turdagi qurtlar birinçi marta 1910 yilda Xitoyda it közida aniqlangan. Odatda qurt tuxumlari közga Phortica variegata turidagi paşşa tomonidan tuşadi.












