Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin qachon uchrashishi mumkinligi aytildi
Amerikalik yuqori lavozimli mansabdorning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bu yil Parijda yoki Buenos-Ayresdagi G20 sammitida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, gap Fransiyada Birinchi jahon urushi yakunlanganining yuz yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlardagi ehtimoliy uchrashuv haqida bormoqda. Bundan tashqari, ikki yetakchi 30 noyabr kuni Buenos-Ayresda boshlanadigan G20 sammitida ham uchrashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan suhbatning ba'zi tafsilotlarini oshkor qilgandi.
Oq uy rahbarining Fox Business’ga bergan intervyusida aytishicha, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda unga Amerika saylovlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida aytgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026