Yakunlanayotgan haftaning ikkinçi yarmida jahon axborot agentliklari Yamandagi qonuniy hukumatga tayangan holda muxolifatdagi husiyçilar Bob-al-Mandab böğozidan 80 kilometr masofadagi Moha şahrini egallagani haqida xabar tarqatdi.

Guvohlarning sözlariga köra, Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi husiyçilar otryadlari şaharga kirib, «Amerikaga ölim, Isroilga ölim!» deya hayqirişgan.

AFP agentligi xabariga köra, hafta boşidan buyon olib borilgan töqnaşuvlarda 500 dan ortiq kişi halok bölgan, ön minglab kişilar öz uylarini tark etgan.

Husiyçilarning yurişi Saudiya Arabistoni hududi böylab yöllangan zarbalar bilan birga keçmoqda. Saudiya koalitsiyasiga köra, isyonçilar ballistik raketalar va dronlar bilan Abha, Hamis-Muşayt va Jizan şaharlariga hujum qilişgan. Ar-Riyod ham yopirilma havo zarbalari bilan javob qaytargan.

Hafta oxiriga kelib esa husiyçilar Perim oroliga yetib borgani haqida xabar tarqaldi. Bu orol Osiyo va Yevropani boğlovçi savdo yölining janubiy darvozasi hisoblanadigan Bob-al-Mandab böğozini ikkiga ajratib turadi.

Bundan oldinroq Yamandagi Saudiya tomonidan qöllanuvçi qonuniy hukumatdagi manbalar hukumat kuçlari Perim orolini tark etgani, husiyçilar esa Qizil dengiz sohilidagi Zurab şahrini egallagani (uşbu şahar orol röparasida joylaşgan) haqida xabar bergandi.

Ayni vaqtda husiyçilarning özi Perim orolini egallab olgani haqida rasman eʼlon qilmagan.

photo_2026-09-11_15-08-46

Husiyçilar qurolli kuçlari vakili Yahyo Saria öz telegram-kanalida guruh tez orada «jiddiy oqibatlarga olib keladigan keng kölamli harbiy operatsiya» eʼlon qilişi haqida yozgan.

Hozirgi eskalatsiya 2022-yildan buyon Yamandagi fuqarolik uruşini töxtatib turgan mört bitimni uzil-kesil yöqqa çiqarişi mumkin. Uşbu mamlakatdagi harbiy töqnaşuvlar 2014-yilda husiyçilar poytaxt Sanoni egallab olganidan keyin boşlangan, 2015-yil martida esa Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi ham mojaroga tortilgan.

Bugungi kunda husiyçilar mamlakatdagi eng yirik harbiy kuç hisoblanadi va Yaman aholisining taxminan 50-60 foiz aholisi istiqomat qiladigan hududlarni öz nazoratiga olgan.

Böğoz nimasi bilan muhim?