2019 yildan boşlab “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi “Uimbldon” tennis musobaqasi uçraşuvlarida hal qiluvçi setda hisob 12:12 bölganda tay-breyk öynaladi.
Bunday qaror uzoq çöziluvçi öyinlarga barham beriş maqsadida qabul qilindi. Avvalgi qoidalarga köra öyin raqiblardan biri 2 ta geym ustunlikka ega bölmagunça davom etgan.
Joriy yilda “Uimbldon”ning janubiy afrikalik tennisçi Kevin Anderson va amerikalik Jon Izner örtasidagi yarimfinal uçraşuvi 6 soat 35 daqiqa davom etgan. Uçraşuv Anderson foydasiga 7:6 (8:6), 6:7 (5:7), 6:7 (9:11), 6:4, 26:24 hisobida yakunlangan. E'tiborlisi, hal qiluvçi set 3 soatdan köproq davom etgan. Tennisçi ğalabadan keyin qoidalarning özgartirilişi haqida öylab körişga çorlagan.
Bu uçraşuv musobaqaning eng uzoq davom etgan 2-raqamli uçraşuvi böldi: 2010 yilda Jon Izner va fransuz Nikola Maya örtasidagi uçraşuv 11 soat 5 daqiqa davom etgandan keyin amerikalik foydasiga 6:4, 3:6, 6:7, 7:6, 70:68 hisobida yakunlangan.
Endi esa hal qiluvçi setda 12:12 hisobida tay-breyk öynaladi. Bunda 2 yoki undan köproq oçkoga ega bölgan va birinçi bölib 7 oçko yiğadigan öyinçi ğolib böladi.
Bu musobaqaning barça yönalişlariga taalluqli böladi.












