Serbiyalik Novak Jokoviç sport karerasida yettinçi bor Uimbldon tennis turnirida ğolib çiqdi. 10 iyul, yakşanba kuni u nufuzli musobaqa finalida avstraliyalik Nik Kirosni mağlub etib, Katta dubulğa musobaqalarida 21-çempionligini qölga kiritdi.
Uimbldon-2022 finalining öziga xos intrigasi Jokoviç va Kiros örtasidagi kortdagi uşbu uçraşuv oldidan serbiyalik tennis yulduzining avstraliyalikka qarşi birorta setda ğalaba qozona olmagani bilan boğliq edi.
Ayni vaqtda dunyoning uçinçi raketkasi bölgan Novak Jokoviç uçraşuv davomida 15 marotaba eysni amalga oşirdi va 7 ta qöşxatoga yöl qöydi. Nik Kiros 30 ta eysni rasmiylaştirdi hamda serbiyalik bilan bir xil miqdordagi qöşxatoga yöl qöydi.
Uimbldonda çempionliklar soni böyiça Jokoviç amerikalik tennisçi Pit Samprasga yetib oldi. Şveytsariyalik Rojyer Federer sakkizta ğalaba bilan yakkalik bahslarida rekordçi hisoblanadi.
Bir kun avval, 9 iyul kuni ayollar örtasidagi yakkalik bahslarida bu yilgi Uimbldon turnirining çempioni aniqlandi. Moskvada tuğilgan, musobaqada Qozoğiston nomidan qatnaşgan 23 yoşli Yelena Ribakina ğolibaga aylandi. Finalda u tunislik Ons Jaberni mağlub etdi.

















