Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari Özbekistonga davlat taşrifi bilan keldi. Taşrif doirasida qator hujjatlar töplami imzolandi va katta loyihalarga start berildi.

Ikki davlat rahbarlarining bu uçraşuvi ortidan aholi orasida, ijtimoiy tarmoqlarda kötarinki kayfiyat paydo bölganini qayd etiş mumkin. Vladimir Putinning taşrifi köpçilik nazarida Özbekiston uçun ulkan imkoniyatlar yaratişini bildirdi, özaro munosabatlar yangi bosqiçga kötarilişidan umid qilindi.

Bu bejizga emas albatta. Rossiyadagi muhojirlar orasida özbekistonliklar son jihatdan birinçi örinda turadi va ular öz oilalariga jönatayotgan pullar miqdori bir neça milliardlarni taşkil qiladi. Rossiya Özbekiston mahsulotlarining yirik eksportyori hisoblanadi. Hududning jiddiy muammosi bölgan Afğonistonda tinçlik örnatiş jarayonida ham Rossiyaning örni muhim.

Şu bilan birgalikda, ijtimoiy tarmoqlarda bu hamkorlikni Rossiyaga ergaşiş, qaram bölib qoliş deya baholovçilar, Rossiya örniga AQŞ bilan munosabatlarni rivojlantiriş zarurligini ta'kidlovçilar ham talaygina. Yoki aksinça, Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirib, AQŞni unutişga çorlovçilar ham köpçilikni taşkil qilmoqda va bu ikki guruh öziga xos dalillar bilan ijtimoiy tarmoqlarni töldirgança bir-birlari bilan bahslaşmoqda.

Umuman, hamkorlik vektorini belgilaşda «Rossiya yoki Amerika?» degan savolga javob topiş şart, yoki şu «ikki buyuk davlatdan birini tanlaş va aynan öşa bilan munosabatlarni rivojlantiriş zarur» deb hisoblovçilar hali-hanuz juda köpçilik.  

Yigirma birinçi asrning dastlabki yigirma yilligi ham yakuniga yetayotganda, zamon siyosati ötgan asrga nisbatan butunlay boşqaça qiyofaga kirayotgan bir paytda bunday fikrlaş eng kamida kulgilidir.

Özbekiston har bir davlat bilan öz manfaatlari doirasida özaro hamkorlik qilmoqda va şunday qilişda davom etadi ham!

Sabablar:

1. Bugungi kunga kelib jahon faqat ikki davlatga boğlanib qolmagan va dunyo köp qutbli hisoblanadi. Hozir faqat Rossiya va AQŞ emas, Yevropa Ittifoqi va uning alohida yirik davlatlari, şuningdek, Xitoy, Yaponiya, Hindiston kabi malakatlar ham dunyo siyosatining «oğir vaznli» iştirokçilari hisoblanişadi;