Sönggi paytlarda aholi orasida televideniye, radio va boşqa axborot vositalarida öyinçoqlarni bolalarning ma'naviyati, soğliğiga ta'siri töğrisida köplab fikr-mulohazalar bölyapti. Boşqaruv organlarining e'tibori bu masalaga qaratilganligi bejiz emas, çunki öyinçoqlarning turi nihoyatda köp. Ba'zilari bolaga bilim beradi, ongi ösişiga, dunyoqaraşining şakllanişiga yordam beradi, ba'zilari esa qörqitadi, ma'naviy rivojlanişiga salbiy ta'sir körsatadi. Bu ham juda muhim, biroq birinçi örinda hozirgi kun öyinçoqlarining bola salomatiga salbiy ta'siri diqqat e'tibordan çetda qolmoqda.

Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xabar berişiça, yaqinda bir ayol bolasining tişi çiqişi jarayonini yengillaştiriş uçun bolasiga bozordan ördak körinişidagi öyinçoq sotib olib berganini yozgan, ertasi kuni uşbu öyinçoqni oğziga solib öynayotgan bolasi ötirgan joyida qayt qilgan. Oğzi, tişlari, tili sarğayib ketganini qörib qörqib ketgan ayol bolasini darhol şifokorga olib borgan, bu vaqtda bolaning badaniga mayda qizil toşmalar toşib ketgan. Şifokorlar onadan bolaning qanday ovqat yegani töğrisida söraşgan. Ona esa har doimgi taomini berganligini, avvallari bunday holat kuzatilmaganini, bir neça kun avval bozordan ördakça şaklidagi öyinçoq sotib olib berganini, bola esa uni oğziga solib öynaganini aytgan. Şundan söng şifokorlar bolani içini yuvişgan, allergiyaga qarşi dorilar berişgan. Bola bir neça kun şifoxonada qolib davolangan. Buni oldini oliş mumkinmidi?

Bunga javob beriş uçun öyinçoqlarning işlab çiqarilişi va ularning xususiyatlari töğrisida ma'lumotlarga ega bölişi kerak.

Öyinçoqlar yoğoç, oyna, rezina, qoğoz, metall, şişa, mato, möyna, paxta, farfor, plastmassa va boşqa materiallardan işlab çiqariladi. Biroq ularning içida eng keng tarqalgan material, bu polimerdir. Polimer birikmalardan işlangan öyinçoqlar yengil, elastik, rangli va sifatiga qarab çidamli böladi.

Öyinçoqlar uçun işlab çiqarişda polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilxlorid, polibutilen, polimetilpropilen kabi polimerlardan foydalaniladi.

Biroq bu polimerlarga stabilizator butlovçi kam qöşilgan bölsa, işlab çiqariş texnologiyasiga töliq amal qilinmagan bölsa ularning sifati buziladi va monomerlarga parçalanadi.

Polimerdan çiqayotgan yoqimsiz hid buning isbotidir. Polimerdan ajralgan formaldegid, fenol, stirol, akrilonitril, benzol, ftalatlar qöpol zaharli vosita turkumiga kirişi hammaga ayon.

Polimer birikmalar tarkibidagi yuqoridagi moddalar odamlarning asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, jigar, me'da-içak tizimi a'zolari hamda teriga tez ta'sir körsatadi. Birinçi salbiy alomatlaridan köngil aynişi, qayt qiliş, boş oğrişi, aksariyat hollarda allergiyani namoyondasi terida qizil toşmalar paydo böladi. Uşbu vositalarni oz miqdorda surunkali ta'siri mutagen bölib, irsiy kasalliklarga olib keladi bundan taşqari xavfli ösmalarning rivojlanişiga sabab böladi.