Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning yadro zarbasidan keyin «biz jannatga tuşamiz», duşmanlar esa «şunçaki ölib ketadi», degan sözlariga izoh berdi.

Vladimir Putin bu haqda «Valday» muhokamalar klubi yalpi sessiyasida aytib ötdi. Peskovning ma'lum qilişiça, prezident jannat va kim qayerga tuşişi haqida gapirmagan, deb xabar qilmoqda RBK muxbiri.

«Köpçilik bir narsani e'tibordan çetda qoldirdi, Rossiya doktrinal darajada özida ogohlantiruvçi zarba beriş huquqini saqlab qolmaydi», - dedi davlat rahbari matbuot kotibi.

Peskovning aniqlik kiritişiça, Rossiya ogohlantiruvçi zarba bera olmaydi. «Ammo bizga yadro qurolidan foydalangan holda hujum qilişsa yoki davlatning mavjudligi tahdid ostida qolsa, unda Rossiya yadro qurolidan foydalanişga özini haqli, deb hisoblaydi. Agar bizga hujum qilişsa, raqiblarning «ba'zilari jannatga, ba'zilari jahannamga tuşadi», - dedi u.

Ötgan hafta klub sessiyasida sözlagan Putin Rossiyada raketa hujumi haqida yadroviy ogohlantiriş tizimi borligini eslatdi. «Biz Rossiya hududiga hujum boşlanganiga işonç hosil qilsak, şundan söng javob zarbasini beramiz. Albatta, bu butun jahon darajasidagi halokat böladi, ammo biz buning taşabbuskori bölmaymiz. Tajovuzkor tomon qasos muqarrarligini bilişi kerak. Biz, xuddi şahidlar kabi, jannatga tuşamiz, ular esa şunçaki ölib ketadi, sababi tavba qilişga ham ulgurişmaydi», - degandi Putin.

Rossiyaning amaldagi harbiy doktrinasida (2014 yil, 27-band) aytilişiça, mamlakat «öziga va (yoki) uning ittifoqçilariga yadroviy hamda boşqa ommaviy qirğin qurollari qöllansa, bunga javoban yadro qurolidan foydalaniş huquqini özida saqlab qoladi».