Markaziy bank tomonidan sörovda iştirok etganlarning katta qismi fikriça, Özbekistonda dekabr oyining oxiriga kelib dollar kursi 8289 - 8310 sömlik körsatkiçda böladi. Bu haqda Markaziy bankning «Özbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari, 2018 yil III çorak» hisobotida aytiladi.

2018 yil yanvar - sentabrda ötkazilgan sörovda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri kesimida jami 750 nafar jismoniy şaxs va 300 ta yuridik şaxs iştirok etdi.

Sörov yakunlari böyiça «8289-8310 söm» varianti ham jismoniy şaxslar, ham yuridik şaxslar tomonidan eng köp tanlandi. Respondentlar bir oz kamroq darajada «7882 - 7890» variantini körsatişdi. Dollarning kursi 7500 söm atrofida bölişiga işonayotganlar soni juda kam.

Qayd etiş kerakki, oxirgi oylardagi sömning qadrsizlana boşlaşi sörovda iştirok etgan jismoniy va yuridik şaxslarning kelgusidagi AQŞ dollarining sömga nisbatan almaşuv kursi böyiça kutilmalarida öz aksini topdi.