«Oilani ajraşişga qadar saqlab qoliş mumkin edi», - deb hisoblaydi Sirdaryo viloyatida yaşayotgan, ayni paytda turmuşidan ajraşgan fuqarolarning 37,3 foizlik qismi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi olib borgan tadqiqotlarga köra, turmuşidan ajraşgan aksariyat fuqarolarning ham fikri şunday: oilani saqlab qolişning imkoniyati hamişa bölgan. Şunga qaramay, nikohdan ajraşişlar soni kamaymayapti. Nega yoş kelin-kuyovning arzimagan sabablarga köra hayot yöllari ayro ketmoqda?
2018 yilning ilk oylaridan matbuotda paydo bölgan axborotlarni tahlil qilsak, töy-haşamlar, tantana va marosimlarni ixçamlaştiriş masalasi eng köp muhokama etilgan mavzu ekani ayon böladi. Taşabbus oliy maqom minbardan - şaxsan Prezident tomonidan ilgari surilgan bir paytda, barça matbuot va jamoatçilik faollari bu «illat» qay yöl bilan şakllanib qolganiga emas, balki unga qarşi kuraş zarurligiga urğu beraverişdi. Ammo natija qoniqarsizdek. Masalan, Senat a'zolarining fikriça, «har kim bu masalani ongli ravişda idrok etib, anglab olişi zarur».

Töy-haşam oila ajraşişining bir tomondagi omili, deb bilsak-da, «Oila» markazi ötkazgan tadqiqotda boşqa omillar ham yuzaga çiqdi. Misol uçun, 2017 yilda nisbatan kam sonli aholi istiqomat qiluvçi Sirdaryo viloyatida qayd etilgan ajraşişlar soni (1095ta) boşqa barça viloyatlarda kuzatilgan statistikadan ham yuqori bölgan. Şuningdek, viloyat «umri» 4 yoşga tölmagan oilalarning ajraşib ketişi bilan ham «peşqadam». Bu faqat bitta viloyatda havola etilayotgan, balki «qörqinçli raqamlar» deb atarmiz, ammo ularning paydo bölişiga nima(lar) sabab bölmoqda?
Sönggi 3 yil içida oilasidan ajraşgan juftliklardan söralganda, ularning 22,5 foizi özaro tuşunmovçilik tufayli oilasi buzilganini tan olgan, qöpol qilib aytganda, yoş juftliklar özlarining oila quriş uçun ança «xom» bölgani-yu, turmuşning «muşt»iga turib berolmaganini oçiq tan oldi. Markaz mutaxassislari olib borgan sörovnomalarda 15,6 foiz juftlik befarzandlik oilaviy riştalarning uzilişiga sabab bölganini körsatdi. Şuningdek, 15 foiz respondentlar yoş oilaning hayotiga yaqin qarindoşlarning faol aralaşuvi, taşqi ta'sir salbiy natija körsatganini aytsa, 11 foizi içkilikbozlik va giyohvandlik barçasiga nuqta qöyganini afsus-nadomat ila ta'kidlaydi. Ötkazilgan sörovlarda oilalar barbod bölişiga oğir dardga mubtalo böliş yo jismoniy zörlik ötkaziş sabab bölganini mos ravişda 4,6 va 4 foiz respodentlar qayd etişgan.
Demak, oilalar inqirozida «tuşunmovçiliklar» yetakçilik qilmoqda. Albatta, bu turmuşning ilk davridanoq ajraşib ketgan juftliklarning javobidan xulosa qilindi.
Mutaxassislar nima deydi? Masalan, befarzandlik va ozodlikdan mahrum böliş holati inobatga olinmasa, ajraşib ketişga moyil yoşlar oilaviy hayot asoslarini yaxşi anglamaydi, mustaqil hayotga tayyor emas va ularning aksariyati özaro qarindoş sanaladi. Natijada oilada barqarorlik yöqoladi, moliyaviy şaroit yomonlaşadi, nizolar köpayib, turar joy bilan boğliq muammo yuzaga keladi. Respondentlarning 45 foizi turmuş örtoğining yaqin qarindoşi ularning oilaviy işlariga aralaşmaganda yoki oila şaxsiy turar joyga ega bölganida ajraşiş yuz bermasdi, deb hisoblaydi.
Ma'lumotlarga köra, 61,2 foiz ajraşgan oilaning kiçik a'zosi allaqaçon dunyo yuzini körgan. Ota-onaning murosasiz ixtiloflari tufayli yer yuzida tirik yetimlar soni yana ortdi. Bolaning öz vaqtida ta'lim va tarbiya topib, hayotda öz örniga ega bölişi, tibbiy muolaja, ijtimoiy himoya va köplab real masalalar oçiq qoladi. Sörovnomada iştirok etganlarning 14,5 foizi iqtisodiy yetişmovçilik tufayli oilaning barbod bölganini tan olgan bölsa, ajraşişdan söng, ular farzandining «porloq kelajagi»ni qanday ta'minlab beradi? Aliment orqalimi?

Hatto, befarzandlik tufayli ajraşib ketganini tan olgan juftliklar ham keyingi savollar oldida ojiz qolmoqda. Masalan, şifokor körigida bölganmi, davolanişga harakat qilganmi, turmuşga qadar tibbiy körikdan ötganmi, eng asosiy masala – qarindoşlar örtasida boğlangan oilaviy riştaning ertangi mevasidan xabardormidi?
«Oilalardagi turli yeçilmay qolgan muammolar ildiz otib, öta oğir bir dardning köpayib ketişiga olib kelmoqda. Bu bepuştlik xastaligi bölib, hozir mamlakatimiz miqyosida bu kasallikka çalinganlar soni 200 ming nafardan oşib ketdi. Yana köplab xastaliklar sababi ham aynan oiladagi şaxslararo munosabatlarning özaro nomutanosibligi oqibatidir. Oiladagi vaziyat va er-xotinning yoşiga qarab, ayolda tuğuruq yoşi va farzand köriş oraliği töğri belgilanişi zarur», - deydi Respublika reproduktiv salomatlik markazi direktori, professor Mahmuda Kattaxöjayeva.
Ajraşişlarning asl zamirida bir masala yotibdi: oilaga tayyorgarlik holati qoniqarli emas. Qizlarni erta turmuşga beriş, ularni oilaga tayyorlaşdan köra muhim vazifaga aylangan. Yigitlarga uylaniş mas'uliyat va qadriyat emas, balki şunçaki majburiyat kabi körinyapti. Jinsiy aloqa haqida gapiriş uyat bölgan jamiyatda bu narsalar haqida maktabda ham, kollejda ham ta'lim berilmaydi. Qarabsizki, birinçi qoniqarsiz natijaning özidayoq, yoş oila egalari turmuşidan voz keçişni öylaydi. Moliyaviy mustaqillikka ega böliş va turar joy muammosi paydo bölgan oilalar bunday qayğularni ikki barobar tortadi.
Xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar ittifoqi, mahalliy hokimliklar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari... Şu kabi barça taşkilotlar vakolatiga kiruvçi vazifalar qaytarilsa-da, oila masalasida aniq va yagona manzara paydo bölmagan. «Yoş oilalarga yaratilgan imkoniyat» öz «buloği»da qurib qolyapti yo u haqda yetarli ma'lumot ovoza qilinmagan. Şu tufayli, ajraşgan juftliklarning 45 foizi oilaviy nizolardan söng, yuqorida nomi ta'kidlangan taşkilotlardan heç qanday kömak olmaganini bildirgan. Oilani saqlab qoliş uçun bajarilgan sa'y-harakatlar esa quruq suhbatlar bilan çeklanmoqda. Ayrim hollarda, yaraştirmoqçi bölgan komissiya a'zolarining bu masalada uquvi yetişmaydi, an'anaviy gaplardan qutulolmagan. Bu işning uddasidan çiqqan taqdirda ham komissiya öz işidan manfaatdor emas.

Jyeneva şahrida bölib ötgan ICPD25+ anjumanida iştirok etgan Vitgenşteyn markazi asosçisi, avstriyalik demograf Volfgang Luttsning ta'kidlaşiça, oila quriş tasodifiy hodisa emas.
«Agar öxşatiş zarur bölsa, uzoqda körinib turgan tösiqni aylanib ötiş, birga qadam taşlaş va yöl tanlaş lozim. Köringan tösiqni bila turib, unga qarşi boriş, «balki, yaqinlaşsam, tuynuk topilib qolar, balki sakrab ötiş imkoniyati paydo bölar» kabi ğoya bilan harakatlaniş ijobiy natijani bermaydi», deydi professor oilani rejalaştiriş muhimligi haqida gapirib.
Özbekistonda esa hanuzgaça oilani rejalaştiriş kabi milliy dastur mavjud emas, uning salbiy va ijobiy tomonlari esa endi örganilmoqda. 2012-2016 yillarda respublika böyiça ajraşişlar soni ösişi 58 foizni taşkil qilgan. Biroq, birgina javob barçani umidlantiradi: 37,3 foiz özbekistonlik oilasini saqlab qoliş uçun har doim imkon borligiga işonadi. Bu esa oila institutini mustahkamlaş borasidagi işlarni izçil davom ettirib, ilmiy va amaliy yondaşuv asosida oilalarga kirib borişga undaydi.
Şuning uçun, Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi taşkil etilib, uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlar boşqarmalari, barça tuman (şahar) bölimlari faoliyati yölga qöyildi. Markaz zimmasiga nihoyatda mas'uliyatli – Özbekistonda oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini olib boriş va muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatildi.
Alişer Rözioxunov











