Suriya sobiq prezidenti Başar Asadning rafiqasi ajraşiş uçun ariza berdi. Bu haqda Turkiyaning Haberturk naşri xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, Asma Asadga Moskvada yaşaş şaroiti yoqmayapti va u Londonga köçib ketmoqçi. Haberturk’ning yozişiça, Asadning rafiqasi Moskvadan çiqiş uçun «maxsus ruxsat» söragan.
Turk OAVning yozişiça, Asadga Moskvani tark etiş taqiqlangan. Ammo uşbu ma’lumot rasmiy tasdiqlanmagan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Asadning harakatlanişiga çeklov mavjudligi hamda uning rafiqasi bilan ajraşiş borasidagi rejalariga oid xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.
Asma Asad Londonda tuğilgan. Buyuk Britaniyada u Amerikaning JP Morgan bankida investitsion bankir bölib işlagan. U 2000 yilda Başar Asadga turmuşga çiqqan. Asma Asadning Suriya fuqaroligidan taşqari, Britaniya pasporti ham bor.
Financial Times’ning yozişiça, Asma Asad vositaçilar orqali Suriyada telekommunikatsiya, köçmas mulk, banklar, savdo kabi iqtisodiyotdagi butun boşli sektorlarni nazorat qilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, mamlakat iqtisodiyoti Başar Asad, uning ukasi Mohir va Asma örtasida bölib olingan.
Başar Asad hamda uning oilasi dekabr boşida hokimiyat qöldan boy berilganidan keyin Moskvaga qoçib ketgandi. Bloomberğning yozişiça, Asadning qoçişini Rossiya razvedkasi xodimlari taşkillaştirgan. 8 dekabr kuni Rossiya davlat OAV Başar Asad öz oila a’zolari bilan Moskvaga yetib kelgani, unga boşpana berilgani haqida xabar berdi. Köp ötmay RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur ma’lumotlarni tasdiqladi.


















