Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asadning rafiqasini leykozdan davolaş bilan şuğullanayotgan şifokorlar uni boşqa odamlardan izolyatsiya qilib qöydi. Tibbiyot xodimlari Asma Asadning omon qoliş imkoniyatini «50/50» deya baholamoqda, deb xabar beradi The Telegraph.

«Asma ölmoqda. U [özining ahvoli tufayli] heç kim bilan bitta xonada böla olmaydi», — deydi naşrning oxirgi haftalarda Asad oilasi vakillari bilan muloqot qilgan manbalaridan biri. Yana bir manbaning ta’kidlaşiça, «sönggi haftalarda Asma Asadning ahvoli 50/50 bölgan».

The Telegraph ma’lumotlarida keltirilişiça, Başar Asadning rafiqasi infeksion kasalliklarni yuqtirib olmasligi uçun boşqa odamlardan izolyatsiya qilingan. Moskvada Asmaga ma’lum muddat otasi Favaz al-Ahras qarab turgan.

Taxminlarda köra, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega 49 yoşli Asma Asad Moskvaga Suriyada turmuş örtoğining rejimi ağdarilişi va Başar Asad Rossiyadan boşpana olişidan oldinroq davolaniş uçun kelgan.

Asad kanselyariyasi 2024 yil mayda Suriyaning öşa vaqtdagi birinçi xonimiga ötkir miyeloid leykoz — suyak iligiga zarar yetkazadigan agressiv onkologik kasallik taşxisi qöyilganini ma’lum qilgandi. Avvalroq Asma Asad kökrak saratonidan davolangan, ammo 2019 yil avgustda butunlay soğayib ketganini e’lon qilgan.

Asma Asad Londonda tuğilgan. Buyuk Britaniyada u Amerikaning JP Morgan bankida investitsion bankir bölib işlagan. U 2000 yilda Başar Asadga turmuşga çiqqan. Asma Asadda Suriya fuqaroligidan taşqari, Britaniya pasporti ham bor.

Financial Times’ning yozişiça, Asma Asad vositaçilar orqali Suriyada telekommunikatsiya, köçmas mulk, banklar, savdo kabi iqtisodiyotdagi butun boşli sektorlarni nazorat qilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, mamlakat iqtisodiyoti Başar Asad, uning ukasi Mohir va Asma örtasida bölib olingan.

Turkiyaning Haberturk naşri 23 dekabr kuni Asma Asad ajraşiş uçun ariza berganini yozdi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, unga Moskvadagi yaşaş tarzi yoqmayapti va u Londonga ketmoqçi, şu bois Rossiyadan çiqiş uçun «maxsus ruxsat» söragan, çunki Asadning öziga mamlakatni tark etiş taqiqlangan. Kreml esa uşbu ma’lumot haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.