Pashinyan nomzodi Armaniston bosh vazirligi uchun ilgari surildi
Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi Nikol Pashinyanning «Fuqarolik kelishuvi» partiyasi ishtirokida tashkil etilgan parlamentdagi «Yelk» fraksiyasi uning nomzodini hukumat rahbarligi uchun nomzod sifatida ilgari surdi. Bu haqda parlamet matbuot xizmati rahbari Knyaz Saroyanga asoslangan holda «Interfaks» agentligi xabar bermoqda.
Bugun, 23 oktabr kuni Armaniston bosh vazirligi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni to‘xtatiladi. Respublika partiyasi, «Armaniston taraqqiyoti» («Tsarukyan») partiyasi va «Dashnoqtsutyun» hukumat rahbarligi uchun nomzod ko‘rsatmasligini bildirgan.
24 oktabr kuni respublika parlamentida ovoz berishning birinchi turi o‘tkazilishi kutilmoqda.
16 oktabr kuni may oyidagi namoyishlar ortidan hukumat tepasiga kelgan Nikol Pashinyan iste'foga chiqqani haqida ma'lum qilgandi. Bundan maqsad parlament tarqatib yuborilishiga va mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishiga erishish edi.
Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, bosh vazir va hukumat iste'fosidan keyin mamlakat parlamenti 7 kun muddat ichida yangi bosh vazirni saylashi kerak bo‘ladi. Parlamentda bosh vazirni saylashga ikki imkoniyat bo‘ladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz yakunlasa, parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylovlar belgilanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, parlament tarqatib yuborilganidan kamida 30 kun, ko‘pi bilan 45 kundan keyin saylovlar o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
Pashinyan voqealar aynan shunday rivoj topishiga umid qilmoqda. U parlament xalq manfaatlarini ifodalamaydi, shu sababli saylovlar imkon boricha tezroq o‘tkazilishi kerak, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024