Data-markaz qurilishi bor-yo‘g‘i olti oy davom etgan. Bunday yirik miqdordagi yuqori unumdor protsessorlarni Armanistonga yetkazib berish AQSh regulyatorining ruxsatini talab qilgani sababli, loyihani amalga oshirish jarayonida Armaniston va AQSh rasmiylari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilgan.
Markazning ochilish marosimida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston vakili Jaslan Madiyev va amerikalik diplomat Devid Allen ishtirok etgani qayd etilgan.
Markazda 6144 ta NVIDIA B200 protsessori o‘rnatilgan
Razdandagi data-markazning dastlabki hisoblash quvvati 15 megavattni tashkil etadi. Uning asosini suyuqlik bilan sovitiladigan 6144 ta NVIDIA B200 grafik protsessori tashkil qiladi.
Loyihaning infratuzilmasini yaratishga bir qator yirik xalqaro texnologik kompaniyalar jalb etilgan. Dell yuqori unumdor serverlarni yetkazib bergan, Schneider Electric elektr nimstansiyalari va uzluksiz elektr ta’minoti tizimlarini joriy qilgan, Vertiv esa maxsus suyuqlik bilan sovitish tizimini o‘rnatgan.
Butun majmua NVIDIA DSX platformasida ishlaydi. Manbada ta’kidlanishicha, mazkur platforma hisoblash va tarmoq resurslarini yagona tizimda birlashtirib, standart arxitekturalarga nisbatan har bir megavatt energiyadan 40 foizgacha ko‘proq hisoblash quvvati olish imkonini beradi.
Xalqaro sun’iy intellekt asosidagi qidiruv servisi Perplexity markazning dastlabki tijoriy mijozlaridan biri bo‘lgan.
Quvvat 300 megavattgacha oshiriladi
Firebird bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Loyihaning keyingi bosqichlarida Razdandagi majmua quvvatini keskin oshirish rejalashtirilgan.
2027-yil oxiriga borib markazning umumiy quvvatini 300 megavattga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Unda foydalaniladigan NVIDIAʼning Blackwell va Rubin avlodlariga mansub chiplari soni esa 70 mingtadan oshishi rejalashtirilgan.
Keyingi bosqichda Firebird butun mintaqa bo‘ylab umumiy quvvati 2 gigavattgacha bo‘lgan hisoblash infratuzilmasi tarmog‘ini shakllantirishni maqsad qilgan. Ushbu rejalar Qozog‘istonni ham qamrab oladi.
Yirik data-markaz energetika uchun ham sinov bo‘lishi mumkin
Armanistonda Yevropadagi eng yirik data-markazlardan biri ishga tushirildi
09:30 / 11.08.20264 9114 min
Amerikaning Firebird kompaniyasi Armanistonning Razdan shahrida yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va sun’iy intellekt fabrikasini rasman ishga tushirdi. Loyiha MDH hududida shu darajadagi eng yirik texnologik markaz sifatida taqdim etilmoqda. Qurilishning barcha bosqichlari yakunlangach, majmua dunyodagi eng qudratli beshta hisoblash klasteridan biriga aylanishi rejalashtirilgan.







