Xususiy tibbiy xizmat körsatiş turlarini rivojlantiriş va qamrovini kengaytiriş maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali Vazirlar Mahkamasining "Toşkent şahrida zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyatini taşkil qilişga doir çora-tadbirlar töğrisida"gi qarori qabul qilindi. KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Hujjatga köra, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazini taşkil etişga doir investitsion loyiha Alles Sağlik Group xorijiy korxonasi tomonidan amalga oşiriladi.

Investor 12 oy davomida öz mablağlari evaziga 5 million dollar sarmoya jalb qiliş, tegişli obekt rekonstruksiyasi va kapital ta'mirlovi, uni jahon standartlariga javob beruvçi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş mas'uliyatini öz zimmasiga oladi.

Statsionar 50 öringa möljallangan bölişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyati yölga qöyilişi natijasida 150 ta yangi iş örni yaratiladi.

Qarorga muvofiq, markaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilanuvçi me'yorlar asosida beminnat tibbiy yordam körsatadi.

Mazkur qaror ijrosi nazorati Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov va Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev zimmasiga yuklatildi.