Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bölimi xodimlari tomonidan Inspektsiyaning Buxoro viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.
Unda Şofirkon tumanidagi «A» fermer xöjaligi traktor haydovçisi T.Q. fermer xöjaligi mansabdor şaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama oğirligini sun'iy ravişda oşirib, haqiqatda topşirilmagan 1,6 mln. sömlik 460 kg. paxtaning ortiqça hisoblab yozilişiga erişgan.
Şuningdek, tadbirda «A» fermer xöjaligi mansabdor şaxslari tirkama oğirligini sun'iy ravişda oşiriş yöli bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topşirilmagan jami 21,4 mln. sömlik 4236 kg. paxta xom aşyosini «Şofirkon paxta tozalaş» AJ balansiga noqonuniy ötkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan «A» fermer xöjaligi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.












