Özbekistonda paxta hosilini yiğib-terib oliş mavsumi avj pallasidan ötdi. Oktyabr oyi oxirlayotgan pallada dehqonning erta bahordan dalasida qanday mehnat qilganini hosil çöği aniqlab bermoqda.
Paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining hosili qay darajada bölgani, rejani bajara olişi yoki bajara olmasligi birinçi va ikkinçi terim yakunlangaç ma'lum bölib qoladi.
Andijon viloyati, Böz tumanidagi «Xavas» paxta tayyorlov punkti uçta massivdagi 27 fermer xöjaligi hosilini qabul qiladi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, 18 oktabr kuni keçki payt «Dostonbek orzusi» fermer xöjaligiga qaraşli yuk taşuvçi 8261 raqamli tirkama (pritsep) tayyorlov punkti elektron tarozisidan ötib xirmonga tökilganida, paxta uyumi içidan 12ta tuproq solingan qoplar çiqqan.


«Rejani qinğir yöl bilan bajaraman deb ğirromlik qilgan «Dostonbek orzusi» fermer xöjaligining rejasi amalga oşmay qoldi. Har bir tayyorlov punktida paxtani qabul qilişga mas'ul bölgan alohida inspektorlar tayinlangan. Ular jarayonni töliq nazoratiga olişgan. 12ta qopdagi tuproqning oğirligi yarim tonnadan ziyod ekan», deydi Böz paxta tozalaş zavodi rahbari Jasurbek Qöşaqov.


Ayni paytda xöjalikka moliyaviy jarima belgilanişi böyiça iş olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, Böz tumani çöl hududiga joylaşgan. Ayni paytda, paxta tayyorlaş rejasi bajarilişi aks etgan ma'lumotnomaga köra mazkur tuman Andijon viloyatdagi 11 tuman içida sönggi örinda bormoqda.












