Qatar poytaxti Dohada 25 oktabrda sport gimnastikasi böyiça jahon çempionati boşlanadi. Unda Özbekiston faxri, afsonaviy Oksana Çusovitina ham iştirok etadi.
Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda sportçi çempionatga tayyorgarlik qörmoqda.
Çusovitina kuraş olib boradigan tayanib sakraş musobaqasi 27-28 oktabr kunlari, final bosqiçlari esa 2 noyabrda ötadi. Çempionatning özi 3 noyabrgaça davom etadi.
Çusovitina 1992 yilgi Olimpiya çempioni, 3 karra jahon çempioni, Osiyo öyinlari çempioni hisoblanadi. Sportçi 7 ta Olimpiadada iştirok etgan yagona sportçi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Çusovitina Sport gimnastikasi şon-şuhrat zaliga nomi kiritilgan tarixdagi ilk amaldagi sportçi hisoblanadi.











