Uşbu hududdagi politsiyaning katta tekşiruvi vaqtida ikki yuzga yaqin migrant uzun kolonna sifatida turişga majburlandi.
MK ma'lumotlariga köra, huquqni muhofaza qiliş organlari - RF IIV boşqarmasi, «OMON», «SOBR», Rosgvardiya xodimlari - bozorga tutaş köçalarni tekşirib çiqişdi.

Xususan, Pirogov va Kaminskiy köçalarida ular Osiyo respublikalaridan kelgan migrantlarni jiddiy tekşiruvdan ötkazişdi. Odamlardan hujjatlar, röyxatga olinganlik töğrisida ma'lumotnomalar va işlaş uçun patentlarni körsatiş talab qilingan.
Ta'kidlanişiça, 200 kişi uzun kolonna sifatida turğazib qöyilgan, u daqiqa sayin uzayib borgan. Migratsiya qonunçiligining buzilişi böyiça tekşiruvlar davom ettirilgan.

Butun bozor hududi tösib qöyilgan.
Şu bilan birga, Tulada migrantlarni ommaviy qölga oliş va uşlanganlarni uzun kolonnaga olib ketayotgan kuç tuzilmalarining harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostiga olindi.
Tula oblasti Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, reydlar ötkazişga öz ota-onalari işdan qaytişini kutib ötiruvçi, migrantlarning turli yoşdagi farzandlari saqlanadigan joy haqidagi ma'lumot sabab bölgan. Ma'lumotlarga köra, uşlanganlarning aksariyati Özbekiston va Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning 16 fuqarosi Irkutsk aeroporti orqali Rossiyadan çiqarib yuborilgandi.

















