Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Avstriya universiteti bilan hamkorlikda turizm va iqtisod bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti (IMC University Krems) bilan hamkorlikda iqtisodiyot va turizm yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadigan yangi fakultet ochildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbek-avstriya qo‘shma fakultetida o‘quv jarayonlari 2019 yildan boshlanib, ta'lim ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va IMC University Krems diplomi beriladi.
Qo‘shma fakultetning bakalavriatiga 100 nafar talaba quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
- “Eksportga ixtisoslashtirilgan menejment”;
- “Turizm va ko‘ngil ochish maskanlari menejmenti”.
Shartnomaga ko‘ra, talabalar magistraturada “Xalqaro biznes va eksportni boshqarish”, “Raqamli biznes innovatsiyasi va transformatsiya” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:15 / 29.06.2026
Avstriyaning ikkinchi yirik shahri kommunistlarga ovoz berdi
17:59 / 24.06.2026