Explorations by Norwegian kompaniyasi dunyo böylab 371 kunlik kruizni yölga qöydi. Daily Mail naşrining yozişiça, bu dunyodagi eng uzun va uzluksiz rejalaştirilgan kruiz sayohati hisoblanadi.
Taʼkidlanişiça, bu yilgi birinçi reys uçun barça joylar band qilingan, biroq kelgusi yilda sayohat qilişni istaganlar sakkiz kundan 371 kungaça bölgan safarni tanlaşi mumkin böladi. Safar Avstraliyadan boşlanişi rejalaştirilgan.
Dunyo böylab sayohat davomida yölovçilar 220 ta portga kiradi. Şu bilan birga, taşkilotçilar takroriy töxtaşlar minimal darajada bölişini va «hamma narsa içida» formatidagi xizmat körsatilişini vaʼda qilmoqda.
«Siz yangilik va ğayrioddiylik izlayotgan tajribali sayohatçimisiz yoki ilk katta safaringizga otlanişga tayyor insonmisiz, bundan qatʼi nazar, Explorations by Norwegian sizni dunyoni aynan özingizga xos uslubda kaşf etişga taklif qiladi», - deyiladi kruiz kompaniyasi saytida.
2026-yilgi jahon sayohati jami 371 kun davom etadi va u allaqaçon Rimdan boşlangan. Kelasi yilgi kruiz biroz qisqaroq – 367 kun böladi va unga fevral oyida jönab ketiş mumkin. Marşrut önlab mamlakatlar va maşhur sayyohlik yönalişlarini qamrab oladi.
Yevropada yölovçilar, xususan, Neapol, Kopenhagen va Helsinkiga borişi mumkin. Marşrutning Afrika qismi esa Kabo-Verde, Keyptaun va Zanzibar kabi maşhur yönalişlar haqidagi orzularni röyobga çiqariş imkonini beradi. Töxtaş manzillari röyxatiga Alyaska, Yaponiya va Gretsiya ham kiritilgan.
Dunyo böylab sayohat 348 ta kayutali Regatta laynerida bölib ötadi. Kema bortida yölovçilarni sara taomlar restorani, SPA markazi va basseyn kutmoqda. Bundan taşqari, mehmonlar zamonaviy fitnes markazi, kutubxona va zamonaviy bardan foydalanişi mumkin.
Dengizda bir yildan köproq vaqt ötkazişni istamaganlar uçun kompaniya qisqaroq marşrutlarni taklif qiladi. Töliq jahon sayohatining narxi esa 75 ming dollardan boşlanadi.












