Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 845-son qarori bilan quyidagi hujjatlarga tegişli özgartirişlar kiritildi: Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizom; Çet el fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibi töğrisidagi nizom.
 
Norma’ning yozişiça, 2017 yil iyul-avgustdan boşlab joriy etilgan tartibga köra, Özbekiston fuqarolari va çet el fuqarolari yangi qurilgan uyda köçmas mulk sotib oliş şarti bilan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskadan ötiş imkonini qölga kiritgan edilar. Parallel ravişda bitimning eng kam summasi haqidagi şart joriy etilgan edi:  

• Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga respublikaning boşqa mintaqalaridan kelgan va öşa mintaqalarda doimiy propiskaga ega bölgan Özbekiston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun – qiymati 2 500 EKIHdan kam bölmagan (material e'lon qilingan sanada – 460 mln 750 ming söm). Şuningdek oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uçun 5 foizlik boj tölaş ham talab etilgan;
• Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga boşqa davlatlardan kelgan va yaşaş guvohnomasiga ega bölgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan – qiymati 600 mln sömdan kam bölmagan. Şuningdek oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uçun 10 foizlik boj tölaş ham talab etilgan.
 
Keyinçalik şaxs Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxatining 1-bandi, şuningdek Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliniş huquqiga ega bölgan şaxslar – çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar toifalari röyxatining 1-bandiga asosan turar joy mulkdori sifatida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskadan ötiş uçun hujjatlarni taqdim etiş huquqiga ega bölgan.
 
Endi Özbekiston fuqarolari uçun bitim summasi böyiça çeklovlar töliq olib taşlandi. Bitim summasi miqdori hatto 1 söm bölişi mumkin. Çet el fuqarolari esa, qaysi toifaga mansubligidan qat'i nazar, 3 300 EKIH (material e'lon qilingan sanada – 608 mln 190 ming söm) tölaşlariga töğri keladi. Şu tariqa, Özbekistonning boşqa mintaqasida propiskaga ega bölgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar köproq tölaydigan böldilar.