Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari xodimlari respublika böylab paxta yiğim-terimi ayni qizğin pallasiga kirgan kunlarda paxta terimçilari hamda haşarçilariga dalda böliş maqsadida Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatiga ijodiy safarlar uyuştirmoqda.
24 oktabr kuni agentlik tizimidagi Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Toşkent viloyati, Çinoz tumanidagi «Yallama-Mirişkor» fermer xöjaligi dalalarida paxta terimida qatnaşayotganlar uçun madaniy-ma'rifiy tadbir taşkil qilindi.
Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, Özbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev va bolalar yozuvçisi Şukrullo Abdullayev faxriy mehmon sifatida iştirok etişdi.
Tadbirda faxriy mehmonlar tomonidan ilğor terimçilarga qimmatbaho esdalik sovğalari va naşriyot tomonidan yangi çop etilgan kitoblar taqdim etildi.
Şu bilan birga arzonlaştirilgan kitob savdo-yarmarkasi taşkil qilindi.













