Ispaniya huquq-tartibot idoralari Malagadagi sanoat binosida saqlangan banan qutilari içida yaşirilgan, 6 tonnadan köproq kokain moddasini aniqlaşdi. Ma'lum qilinişiça, giyohvand moddalarni sotişga aloqadorlikda gumon qilinib 16 kişi hibsga olingan.   

Ombor hududida tintuvlar ötkazilgan. Natijada 300 ming yevrodan köproq pul, qurol va lyuks sinfidagi avtomobillar aniqlanib, musodara qilingan.

Politsiyada ma'lum qilinişiça, gumonlanuvçilar Kosta-Rikadan banan va boşqa mevalar import qiluvçi kompaniya orqali Lotin Amerikasidan giyohvand moddalar yetkazib berişni yölga qöygan. 

Ta'kidlanişiça, Ispaniya politsiyasi uşbu işni Portugaliya va AQŞ huquq-tartibot idoralari yordamida deyarli bir yil tergov qilgan.