Futbol qoidalarini tartibga soliş bilan şuğullanuvçi Xalqaro futbol uyuşmalari kengaşi (IFAB) bir qator özgarişlarni joriy qilişni rejalaştirmoqda.
Xususan, öyin vaqtini atayin çözişni oldini oliş uçun, hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda futbolçi almaştiriş taqiqlanişi mumkin. IFAB tomonidan ötkazilgan tahlilga köra, APL doirasidagi öyinlarda taxminan 5% özgariş aynan qöşib berilgan daqiqalarda amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, maydonni tark etayotgan futbolçi faqat texnik hududdan emas, balki eng yaqin joydan çiqib ketişi belgilanişi mumkin.
Yana bir yangilik - sariq va qizil kartalar nafaqat futbolçilarga, balki klubning boşqa a'zolariga ham körsatilişi mumkin.
Darvozabon esa töpni öyinga kiritganida, jarima maydoni içidagi jamoadoşiga ham oşirişiga ruxsat berilişi mumkin (hozir faqat jarima maydoni taşqarisidagi futbolçiga oşirişga ruxsat berilgan).
2019 yil mart oyida IFAB tomonidan ötkaziladigan yillik anjumanda bu özgarişlar muhokama qilinadi.












