Italiyada pensiya yoşining 60 yoşgaça pasaytirilişi, maoş va pensiyalarni oşiriş hamda iş kunining qisqartirilişi talab qilinayotgan umumiy iş taşlaş bölib ötmoqda. Aktsiyada maktab va şifoxonalar xodimlari iştirok etişmoqda, jamoat transporti uzilişlar bilan işlamoqda. 

Repubblica ma'lumotlariga köra, Trenitalia, Trenord va Italo temir yöl kompaniyalari işçilari reyslarning bir qisminigina bajarişmoqda: poyezdlar ertalabki va keçki tiğiz soatlarda yurmoqda, qolgan vaqt esa tezkor poyezdlar harakatlanmoqda. Ta'kidlanişiça, iş taşlaşga aviakompaniyalar ham qöşilişi, Milan aeroportlarida muammolar yuzaga kelişi mumkinligi ma'lum qilingan. Aktsiyaga Milan metrosi ham qöşilişi rejalaştirilgan.