2028-yil 1-yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib boriş tizimi joriy qilinişi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegişli qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirildi.

Loyihaga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab:

  • pensiyani hisoblab çiqariş uçun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi beş yillik iş haqi davri har yili bir yilga oşirib borilgan holda yigirma yillikdagi iş haqi davriga yetkaziladi. Bunda pensiya tayinlaşda örtaça iş haqini aniqlaşda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizini pensiya hisob-kitobidan çiqarib taşlaş tartibi joriy etiladi;

  • yoşga doir pensiya tayinlaş uçun belgilangan kamida 7 yil iş staji har yili bir yilga bosqiçma-bosqiç oşirilgan holda 2034-yilda 15 yilga yetkaziladi. Bunda eng kam iş stajiga ega bölmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya yoşidan beş yildan keyin yoşga doir nafaqa oliş huquqi saqlanib qoladi.

Yuqori daromaddan ijtimoiy soliq tölayotgan hamda pensiya yoşida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qöşimça rağbatlantiriş maqsadida 2028-yil 1-apreldan boşlab birinçi marta pensiya tayinlaşda iş haqining yuqori çegarasi:

  • pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;

  • 6 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 14 baravarigaça;

  • 12 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravarigaça oşiriş tartibi joriy etiladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab örtaça oylik iş haqi pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravaridan kam bölgan fuqarolar tomonidan jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ixtiyoriy ravişda iş haqining 5 foizi miqdorida ötkazgan mablağiga 50 foizgaça tabaqalaştirilgan miqdorda Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qöşimça tölab beriladi. Bundan taşqari, örtaça oylik iş haqining pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravaridan yuqori qismidan 1 foizi miqdoridagi mablağ ijtimoiy soliq hisobidan fuqaroning jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga tölab beriladi va uşbu miqdor 2033-yildan 2 foiz hamda 2040-yildan 3 foizga yetkaziladi.

Fuqarolarga jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağlarni investitsiya va moliyaviy vositalarga joylaştirişda iştirok etiş imkoniyati beriladi. 2030-yil 1-yanvardan boşlab jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağlardan fuqarolar oğir kasallikka çalinganda davolaniş uçun hamda ipoteka kreditiga boşlanğiç tölov sifatida foydalaniş huquqi beriladi.