Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning tabrigini IIB boşliği A.Toşpölatov öqib eşittirgan.

Şundan söng yil davomida namunali xizmat qilgan xodimlarga yangi unvonlar, mukofotlar hamda faxriy yorliqlar topşirildi. Xizmat vazifasini ado etiş çoğida hayotdan köz yumgan xodimlarning oilasiga moddiy yordam hamda sovğalar berildi.

Tadbirga içki işlar organlarida bir vaqtlar samarali xizmat qilgan, ayni paytda pensiyada keksalik gaştini surayotgan faxriylar ham taklif etildi. Ularga ham esdalik sovğalari topşirildi.

Tadbir oxirida mahalliy san'atkorlar iştirokida konsert dasturi taqdim etildi.

Öz muxbirimiz